The Guardian reytingida Ronaldu 51-o'rinni egalladi

The Guardian reytingida Ronaldu 51-o'rinni egalladi
The Guardian nashri har yili dunyoning 100 nafar eng yaxshi futbolchisi reytingini e'lon qiladi. 2025 yilgi ro'yxatda hozircha 41–100-o'rinlar ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, "Al-Nasr" hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 51-o'ringa joylashtirildi. Besh karra "Oltin to'p" sohibining yonida "Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix 50-o'rinda, "Inter" futbolchisi Hakan Chalhanog'lu esa 52-o'rinda qayd etilgan.

Reytingda portugaliyalik yana bir futbolchi Bruno Fernandesh 55-pog'onadan o'rin oldi. "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong esa 60-o'rinda ko'rsatildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.