Rafael Leau «Napoli»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Rafael Leau «Napoli»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
«Milan»ning portugaliyalik hujumchisi Rafael Leau jamoasining navbatdagi uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. U Italiya Superkubogi doirasida «Napoli»ga qarshi bo'ladigan bahsni o‘tkazib yuboradi.

Leau jamoa mashg‘ulotida qatnashmadi va hozircha individual dastur asosida shug‘ullanmoqda. Bu holat uning o‘yinga to‘liq tayyor emasligini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» — «Napoli» uchrashuvi payshanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs Italiya Superkubogining yarim finali hisoblanadi.

Rafael Leau 2019 yildan beri «Milan» safida o‘ynab keladi va 2022 yilda klub bilan birga Italiya chempioni bo‘lgan. «Milan»ga qadar u Portugaliyaning «Sporting» hamda Fransiyaning «Lill» klublari sharafini himoya qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.