Matvey Safonov PSJning XXI asrdagi rekordini yangiladi

Matvey Safonov PSJning XXI asrdagi rekordini yangiladi
Matvey Safonov PSJ va "Flamengo" o'rtasidagi Qit'alararo kubok finalida yorqin o'yin ko'rsatdi. Asosiy vaqt ham, qo'shimcha bo'limlar ham 1:1 hisobida yakunlangach, g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Unda rossiyalik darvozabon ketma-ket to'rtta zarbani qaytarib, uchrashuv qahramoniga aylandi. Opta statistika mutaxassislari qayd etishicha, Safonov XXI asrda PSJ safida o'yindan keyingi penaltilar seriyasida to'rtta penaltini qaytargan ilk darvozabon bo'ldi.

Shu tariqa u Parij klubining tarixida yangi sahifa ochdi. 2025/2026 yilgi mavsumni Safonov ikkinchi raqamli darvozabon sifatida boshlagan edi.

Biroq so'nggi to'rtta uchrashuvda aynan u maydonga tushdi, hatto Luka Shevalye safga qaytganidan keyin ham murabbiylar shtabi Safonovga ishonch bildirishda davom etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.