Guehi agenti Liverpul vakillari bilan uchrashuv o'tkazadi

“Liverpul” “Kristal Pelas” markaziy himoyachisi Mark Guehini yana tarkibiga qo‘shib olishga urinadi. “Qizillar” o‘tgan yozda “burgutlar” sardorini o‘z safiga og‘dirishga harakat qilgan, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.
Indykaila News xabariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida “Liverpul” vakillari Guehining agenti bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazadi. Manbaga ko‘ra, bu safar 25 yoshli ingliz futbolchisi yanada foydaliroq shartnoma talab qiladi va mersisaydliklar yozda taklif qilgan shartlar uni qoniqtirmasligi mumkin.
Mark Guehiga Angliya Premyer-ligasining boshqa yirik klublari ham qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Bavariya”, Madridning “Real”i va “Barselona” nomi ham futbolchi bilan bog‘lanmoqda.
Himoyachining “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil o‘rtalarida yakunlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Indykaila News xabariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida “Liverpul” vakillari Guehining agenti bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazadi. Manbaga ko‘ra, bu safar 25 yoshli ingliz futbolchisi yanada foydaliroq shartnoma talab qiladi va mersisaydliklar yozda taklif qilgan shartlar uni qoniqtirmasligi mumkin.
Mark Guehiga Angliya Premyer-ligasining boshqa yirik klublari ham qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Bavariya”, Madridning “Real”i va “Barselona” nomi ham futbolchi bilan bog‘lanmoqda.
Himoyachining “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil o‘rtalarida yakunlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













