Marko Simone: Luka Modrichda hanuz ishtiyoq bor

Marko Simone: Luka Modrichda hanuz ishtiyoq bor
Italiyaning “Milan” klubi sobiq hujumchisi Marko Simone yozda jamoaga kelib qo‘shilgan Luka Modrich nega hali ham o‘yini bilan muxlislarni maftun etayotganini izohladi. Uning ta’kidlashicha, Modrich kabi futbolchilar tribunadagilarga alohida yoqadi.

Simone fikricha, Modrich faoliyatida hamma narsani yutib bo‘lganiga qaramay, undagi ishtiyoq hamon sezilib turadi. U buni muxlislar juda yaxshi ko‘rgan Jennaro Gattuzo obraziga qiyosladi: bunday xarakterdagi, maydonda borini beradigan futbolchilar muxlislar ko‘ngliga yo‘l topadi.

Eslatib o‘tamiz, Modrich avvalroq Londonning “Tottenhem” va Madridning “Real” klublari safida to‘p surgan. 2018 yilda Luka “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.