PSJga kubok olib bergan Safonovning seyvlarini tomosha qiling (video)

PSJga kubok olib bergan Safonovning seyvlarini tomosha qiling (video)

Qatarning Doha shahrida FIFA Qit’alararo kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. PSJ va \"Flamengo\" 90 daqiqada 1:1 hisobida durang qayd etishdi.

Uchrashuv penaltilar seriyasigacha bordi va \"futbol lotereyasi\"da PSJ 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

PSJ – \"Flamengo\" 1:1 (penaltilar seriyasi 2:1)

E’tiborlisi, Parij klubi 57 ta sovrinning 39 tasini qatarliklar davrida — Qatar Sports Investments kompaniyasi 2011-yilda sotib olganidan so‘ng qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, «PSJ» 2025-yilda 50 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, bir kalendar yilidagi yutuqlar soni bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi. «PSJ» bir yilda 6 ta sovrin yutish orqali «Barselona» va «Bavariya»ning rekordini takrorladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.