Ronald Arauxo Barcelonaga qaytish uchun yakka tartibda shug'ullanmoqda

Ronald Arauxo Barcelonaga qaytish uchun yakka tartibda shug'ullanmoqda
«Barselona»ning markaziy himoyachisi Ronald Arauxo safga qaytish uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Urugvaylik futbolchi Chempionlar ligasida «Chelsi»ga qarshi o'yindan (0:3) beri maydonga tushmayapti.

O'sha bahsda u birinchi bo'limdayoq qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Arauxo hozirda vatanida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy nazorati ostida yakka tartibda shug'ullanmoqda.

Qayd etilishicha, mutaxassis markaziy himoyachiga berilayotgan yuklama masalalarida «Barselona» vakillari bilan muntazam maslahatlashib turadi. Eslatib o'tamiz, Arauxo Londondagi o'yinda olingan qizil kartochkadan keyin kuchaygan psixologik muammolar sababli kataloniyaliklar lagerini vaqtincha tark etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.