Dayot Upamekano Liverpulga taklif qilindi

Dayot Upamekano Liverpulga taklif qilindi
Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy himoyachisi Dayot Upamekanoning xizmatlari “Liverpul”ga bevosita taklif qilindi. Bu haqda TZ nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi “Bavariya”da murakkab vaziyatga tushib qolgan. U yangi shartnoma bo‘yicha yiliga 18 million yevro maosh olishni istamoqda, shundan 16 millioni bazaviy oylikni tashkil etadi.

Shuningdek, Upamekano 65 million yevrolik tovon puli bandi (release clause) shartnomaga kiritilishini talab qilmoqda. Hozircha “Bavariya” bu moliyaviy talablarning birortasini ham qondirish niyatida emas.

Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Upamekanoning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.