Cheferin Ispaniya va Argentina o'rtasidagi Finalissima haqida gapirdi

Cheferin Ispaniya va Argentina o'rtasidagi Finalissima haqida gapirdi
Payshanba kuni UEFA va KONMEBOL Ispaniya hamda Argentina terma jamoalari o'rtasidagi Finalissima uchrashuvi 27 mart kuni Qatarda bo'lib o'tishini e'lon qildi. Trofey uchun bellashuv yuzasidan UEFA prezidenti Aleksander Cheferin o'z fikrini bildirdi.

"Bu o'yin ikki futbol qit'asining birlashuvini ifodalaydi va sportimizning global miqyosini eng yuksak nufuzdagi to'qnashuv orqali namoyon etadi. Biz elit futbolning unutilmas oqshomi hamda xalqaro bayramga guvoh bo'lishni kutyapmiz", dedi Cheferin.

Ispaniya terma jamoasi amaldagi Yevropa chempioni, Argentina esa Amerika kubogining amaldagi sohibi hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.