Ruben Nevesh transferi Manchester Yunaytedga 23 mln yevroga tushadi

Ruben Nevesh transferi Manchester Yunaytedga 23 mln yevroga tushadi
Manchester Yunayted qishki transfer oynasida yarim himoyachi Ruben Neveshni tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 28 yoshli portugaliyalik futbolchi yanvar oyida Saudiya Arabistonining Al-Hilol klubini tark etishni rejalashtirgan.

Jurnalist Kris Uiler ma’lumotiga ko‘ra, avvalroq Vulverhempton safida to‘p surgan Nevesh ayni paytda “qizil iblislar” tomonidan o‘rganilayotgan variantlardan biri hisoblanadi. Uning transferi taxminan 20 million funt sterling, ya’ni qariyb 23 million yevroga baholanmoqda.

Ruben Neveshning o‘zi Angliya Premer-ligasiga qaytishga qiziqmoqda. Joriy mavsumda u Al-Hilol safida 15 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.