Luis Enrike Safonovning jarohatini tushuntirib bera olmadi

Luis Enrike Safonovning jarohatini tushuntirib bera olmadi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike darvozabon Matvey Safonovning jarohati haqida savolga javob berdi. Juma kuni Parij klubi rossiyalik futbolchining qo'li singani haqida xabar berdi.

Safonov jarohatni Qit'alararo kubok finalida olgan. O'sha uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida u to'rtta zarbani qaytargan.

"Men hech narsani izohlab bera olmayman. Bu aql bovar qilmaydi, Safonovning o'zi ham bu qanday yuz berganini bilmayapti.

Bizningcha, bu uchinchi penalti paytida, qandaydir g'alati harakat bo'lgan vaziyatda ro'y bergan. U qo'li singan holatda ham yana ikki penaltini qaytargan.

Adrenalin shunchalik yuqori bo'ladiki, futbolchi og'riqni sezmasligi mumkin", dedi Enrike matbuot anjumanida. Avvalroq PSJ 26 yoshli Safonovning holati uch-to'rt haftadan so'ng qayta baholanishini ma'lum qilgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.