Liverpul Saloh o'rniga Niko Uilyams uchun 95 mln yevro tayyorlamoqda

Liverpul Saloh o'rniga Niko Uilyams uchun 95 mln yevro tayyorlamoqda
Mohamed Saloh yaqin kelajakda «Liverpul»ni tark etishi mumkin. Fichajes xabariga ko'ra, mersisaydliklar hujumchining ehtimoliy ketishiga oldindan tayyorgarlik ko'rmoqda va uning o'rnini bosadigan nomzod sifatida «Atletik» (Bilbao) vingeri, 23 yoshli Niko Uilyamsni belgilagan.

Ma'lum qilinishicha, Uilyams yozda Bilbao klubi bilan shartnomasini uzaytirgan va shundan so'ng uning transfer bo'yicha tovon puli 58 million yevrodan 95 million yevroga oshgan. «Liverpul» ushbu summani to'lashga tayyor va manbaga ishonilsa, klub allaqachon rasmiy taklif tayyorlamoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Niko Uilyams 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.