Shalimov: Safonovning beshdan to'rtta penaltini qaytarishi katta voqea

Shalimov: Safonovning beshdan to'rtta penaltini qaytarishi katta voqea
Rossiyalik murabbiy Igor Shalimov PSJ darvozaboni Matvey Safonovning «Flamenko»ga qarshi uchrashuvdagi o'yinini baholadi. Shalimovning aytishicha, Safonov penaltilar seriyasini ehtimol og'riqni yengib, oxirigacha o'ynagan.

Mutaxassis PSJ bosh murabbiyi Luis Enrikening «dam olish kerak» va «karma» haqidagi gaplarini esa ikki xil talqin qilish mumkinligini ta'kidladi. Shalimov fikricha, ayniqsa, rossiyalik darvozabon juda yaxshi sport formasiga kirib olgan paytda, bunday izohlar bahsli ko'rinadi.

«Enrike Safonovni qo'llab-quvvatlashi mumkin edi. Enrikening qandaydir karma haqida gapirishi va Matveyga dam olish kerakligini aytishi g'alati.

Besh penal'tidan to'rttasini qaytarish juda jiddiy natija», dedi Shalimov «Match TV» efirida. Safonov joriy mavsumda 4 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol o'tkazib yuborgan.

Qo'lidan olgan jarohati sabab u bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.