Laporta Messiga munosabatni tiklashga tayyorligini aytdi

Laporta Messiga munosabatni tiklashga tayyorligini aytdi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta Lionel Messi bilan munosabatlarni yaxshilash niyatida ekanini bildirdi. Tomonlar o'rtasidagi kelishmovchilik 2021 yilda, kataloniyaliklar argentinalik hujumchi bilan shartnomani uzaytira olmagan paytda yuzaga kelgan.

Odatda, bu holatda Messi aynan Laportani ayblaydi, degan qarash mavjud. “Men Messi bilan ilk shartnomani u 16 yoshida imzolaganman.

Bizning birgalikdagi yo'limiz “Barselona” tarixidagi eng sharafli lahzalardan biri, balki eng ulug'idir. Messi e'tirofga, haykalga loyiq, ammo bu uning o'ziga ham bog'liq.

Men hammasini to'g'rilashga tayyorman. Leo “Barsa”ga juda ko'p berdi, “Barsa” ham unga ko'p narsa berdi.

Umid qilamanki, yo'llarimiz yana kesishadi”, — deya Laportaning so'zlarini keltiradi Barca Universal. Hozirda 38 yoshli hujumchi “Inter Mayami” safida to'p surmoqda.

Uning shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.