Didye Deshamga Saudiya Arabistonidan 8 yillik shartnoma taklif qilinishi mumkin

Didye Deshamga Saudiya Arabistonidan 8 yillik shartnoma taklif qilinishi mumkin
Fransiyalik mutaxassis Didye Desham Saudiya Arabistonidan jiddiy taklif olishi mumkin. Sky Sport jurnalistlari xabariga ko'ra, 57 yoshli murabbiyga sakkiz yillik mehnat shartnomasi taklif etilishi ehtimoli bor.

Manbaga ko'ra, Desham Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2034 yilgi Jahon chempionatiga tayyorlaydigan bosh murabbiy sifatida ko'rilmoqda. Turnir mamlakat mezbonligida o'tkazilishi rejalashtirilgan va saudiyaliklar mundialda medallar uchun kurashishni maqsad qilgan.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Desham 2026 yilgi Jahon chempionati yakunidan so'ng Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mutaxassis 2012 yildan buyon "uchranglilar" bilan ishlaydi va uning qo'l ostida Fransiya 2018 yilgi Jahon chempionatida g'olib bo'lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.