Safonov bayonot berdi, lekin qo'l sinishi haqida gapirmadi

Safonov bayonot berdi, lekin qo'l sinishi haqida gapirmadi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov qo‘li singani haqida xabarlar tarqalganidan keyin muxlislarga murojaat qildi. U Telegram kanallarida e’lon qilingan videoda o‘zini qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildirdi.

Safonov so‘nggi ikki kun ichida juda ko‘p xabar kelganini, hammasiga javob berish qiyinligini aytib, iliq so‘zlar uchun rahmat dedi. Shuningdek, u ishlashda davom etishini ta’kidlab, “nima bo‘lishidan qat’i nazar, meni sindirib bo‘lmaydi”, deya qat’iy fikr bildirdi.

Avvalroq Safonov Qit’alararo kubok finalida yorqin o‘yin namoyish etib, penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytargandi. E’tiborlisi, u murojaatida olgan jarohati haqida biror ma’lumot bermadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.