Peychinovich Myullerdan beri Bundesligadagi eng yosh nemis het-trikchi

Peychinovich Myullerdan beri Bundesligadagi eng yosh nemis het-trikchi
Bundesligada «Volfsburg» o'z maydonida «Frayburg»ga 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvda mezbonlar hujumchisi Jenen Peychinovich het-trik qayd etdi.

Opta mutaxassislari ma'lumotiga ko'ra, Peychinovich 20 yosh 308 kunligida uchta gol urdi. Shu tariqa u 2010 yildan buyon Bundesligada het-trikni eng yosh yoshda rasmiylashtirgan nemis futbolchiga aylandi.

O'shanda Tomas Myuller 20 yosh 230 kunligida Germaniya chempionatidagi bir o'yinda uch bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan edi. Hozirda «Volfsburg» Germaniya chempionati turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.

Keyingi turda «bo'rilar» safarda «Bavariya»ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv 11-yanvar kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.