Teo Ernandes: Modrich dahodir, u bilan Realda o'ynaganmiz

Teo Ernandes: Modrich dahodir, u bilan Realda o'ynaganmiz
Fransiyalik futbolchi Teo Ernandes Italiya Superkubogi doirasida «Napoli»ga qarshi o'yindan avval «Milan» lageriga tashrif buyurib, sobiq jamoadoshlari bilan ko'rishdi. Uchrashuvdan so'ng Ernandes jurnalistlar bilan suhbatda eng esda qolgan lahza Luka Modrich bilan uchrashuv bo'lganini aytdi.

Teo va Modrich bir paytlar Madridning «Real» klubida birga to'p surgan. «Men Bartesagini tabrikladim va «Real»da birga o'ynagan Modrichni quchoqladim.

U dahodir, u boshqa darajada o'ynaydi», — deya Ernandes so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport. Biroq Teoning tashrifi «Milan» uchun omadli yakunlanmadi: jamoa «Napoli»ga 0:2 hisobida yutqazib, Italiya Superkubogini tark etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.