Luis Dias Xames Rodrigesning Kolumbiya uchun ahamiyatini aytdi

Luis Dias Xames Rodrigesning Kolumbiya uchun ahamiyatini aytdi
Myunxenning “Bavariya” klubi va Kolumbiya terma jamoasi vingeri Luis Dias sobiq “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesning milliy jamoa uchun o‘rni haqida fikr bildirdi. “Xames — kapitanimiz va yetakchimiz.

Terma jamoada u o‘zining eng yaxshi qiyofasini namoyish etadi. Milliy jamoa uchun bor kuchini beradi.

Unga Kolumbiya terma jamoasida yana uzoq yillar to‘p surishini tilayman. Xames biz uchun juda muhim”, — deya Diasning so‘zlarini The Guardian keltirdi.

Xames Rodriges 2025 yilda Meksikaning “Leon” klubida o‘ynadi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma joriy oy oxirida yakunlanadi.

Futbolchining bozor qiymati 2,5 million yevroga baholanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.