Kasper Yulmann «Bayer» yanada yaxshi o'ynashi mumkinligini aytdi

Kasper Yulmann «Bayer» yanada yaxshi o'ynashi mumkinligini aytdi
Germaniya chempionati doirasidagi safar uchrashuvida Leverkuzenning «Bayer» jamoasi «RB Leyptsig»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. O'yindan so'ng «farmatsevtlar» bosh murabbiyi Kasper Yulmann jurnalistlar bilan muloqot qildi.

«Natijadan mamnunman. Hozir bizda Bundesligada yaxshi odimlayotgan yangi jamoa bor.

Yaxshi natijalar ko'rsatyapmiz. Biroq «Bayer» bundan ham yaxshiroq o'ynay oladi», — deya Yulmannning so'zlarini Bundesliga matbuot xizmati keltirdi.

Germaniya chempionatida 15 turdan so'ng «Bayer» 29 ochko jamg'argan va turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Yulmann shogirdlari peshqadam «Bavariya»dan to'qqiz ochkoga ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.