Barselona va APL gigantlari Marko Palestra uchun kurashadi

Barselona va APL gigantlari Marko Palestra uchun kurashadi
Italiyaning "Atalanta" klubiga tegishli bo'lgan, hozirda esa ijara asosida "Kalyari" safida to'p surayotgan qanot himoyachisi Marko Palestra Yevropa transfer bozorida katta qiziqish uyg'otmoqda. Caught Offside nashri xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchini tarkibiga qo'shib olish istagida "Barselona", Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari, shuningdek "Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" bor.

Ehtimoliy transfer qiymati 35–40 million yevro atrofida baholanmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda Palestra 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt portali esa futbolchining bozor qiymatini 8,5 million yevroga teng deb ko'rsatmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.