Niklas Zyule Milan bilan muzokara o'tkazdi

Niklas Zyule Milan bilan muzokara o'tkazdi
Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy himoyachisi Niklas Zyule faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, o'tgan hafta “Milan” vakillari 30 yoshli nemis futbolchisining agentlari bilan muzokara o'tkazgan.

Manbaga ko'ra, Zyule Italiya klubiga ehtimoliy transferga ochiq, biroq uning asosiy sharti — kamida 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma. Joriy mavsumda Zyule barcha musobaqalarni inobatga olgan holda besh uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Himoyachining “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.