Virjil van Deyk Simonsning qo'pol foliga munosabat bildirdi

Xavi Simons “Liverpul”ga qarshi uchrashuvda Virjil van Deykka nisbatan qo'pol fol ishlatgani uchun qizil kartochka oldi. Niderlandiya terma jamoasidagi sherigiga qarshi qilingan ushbu epizoddan so'ng “qizillar” himoyachisi holatga izoh berdi.
Van Deykning so'zlariga ko'ra, Simonsning uni jarohatlash niyati bo'lmagan. Shunga qaramay, vaziyat og'riqli chiqqanini ta'kidlagan futbolchi hakam va VAR tekshiruvidan keyin raqib chetlatilgani tabiiy qaror bo'lganini aytdi.
“Menimcha, u meni jarohatlashni ko'zlamagan. U menga og'riq yetkazdi, keyin hakam va VAR uni maydondan chetlatish haqida qaror qabul qildi.
Men Simons bilan gaplashdim, ammo bu suhbat tafsilotlarini hech kim bilishi shart emas”, — deya van Deykdan iqtibos keltiradi Goal. Eslatib o'tamiz, “Liverpul” safarda “Tottenhem”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Mersisayd klubi hozirda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Van Deykning so'zlariga ko'ra, Simonsning uni jarohatlash niyati bo'lmagan. Shunga qaramay, vaziyat og'riqli chiqqanini ta'kidlagan futbolchi hakam va VAR tekshiruvidan keyin raqib chetlatilgani tabiiy qaror bo'lganini aytdi.
“Menimcha, u meni jarohatlashni ko'zlamagan. U menga og'riq yetkazdi, keyin hakam va VAR uni maydondan chetlatish haqida qaror qabul qildi.
Men Simons bilan gaplashdim, ammo bu suhbat tafsilotlarini hech kim bilishi shart emas”, — deya van Deykdan iqtibos keltiradi Goal. Eslatib o'tamiz, “Liverpul” safarda “Tottenhem”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Mersisayd klubi hozirda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













