Rafinya FIFA yil jamoasiga kirmaganiga befarq qaradi

Rafinya FIFA yil jamoasiga kirmaganiga befarq qaradi
“Barselona” vingeri Rafinya FIFAning ramziy yil jamoasiga kiritilmagani borasida xotirjam munosabat bildirdi. La Liganing 17-turida “Vilyarreal” ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng braziliyalik futbolchidan FIFA The Best mukofoti va 2025 yilning eng yaxshi futbolchilari jamoasiga kirmagani haqida so‘rashdi.

Rafinya individual ovoz berish natijalari u uchun katta ahamiyatga ega emasligini qisqa javob bilan bildirib o‘tdi. “Farqi yo‘q.

Muhim emas”, — deya futbolchining so‘zlarini El Desmarque nashri keltirdi. Shuningdek, Rafinya “Barselona”ning Ispaniya chempionatidagi oraliq peshqadamligi haqida ham fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, hal qiluvchi omil mavsum o‘rtasidagi o‘rin emas, balki klub turnirning yakuniy qismida qanday o‘ynashi bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.