Ilya Sadygov Turkiyadagi klubini tark etmoqchi emas

Ilya Sadygov Turkiyadagi klubini tark etmoqchi emas
Turkiyaning birinchi divizionida o'ynaydigan «Serik Belediyespor» klubi hujumchisi Ilya Sadygov jamoani tark etmoqchi emas. Bu haqda «Chempionat» nashri bosh direktor Barish Guchlu so'zlariga tayanib xabar berdi.

«Ilyaning klub bilan shartnomasi bor va biz unga, boshqa barcha futbolchilarga bo'lgani kabi, ishonamiz. Qolgan legionerlar ketib bo'lishdi», — dedi Guchlu.

Ilya Sadygov «Serik Belediyespor»ning amaldagi egasi hisoblanadigan Tufan Sadygovning o'g'li. Joriy mavsum davomida jamoada moliyaviy muammolar yuzaga kelgani sababli u yerdan rossiyalik futbolchilar hamda murabbiy Sergey Yuran ketib qoldi.

Moliyaviy muammolar Tufan Sadygov bilan bog'liq boshqa klublarni ham chetlab o'tmadi. Xususan, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Moskva viloyatining «Ximki» klubi bankrot bo'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.