Tomori: Angliyaliklar Italiyaga moslashishni o‘rgandi

Tomori: Angliyaliklar Italiyaga moslashishni o‘rgandi
Angliyalik himoyachi Fikayo Tomori o‘z faoliyati bilan ingliz futbolchilariga Italiya chempionatiga yo‘l yopiq degan stereotipni rad etmoqda. U qariyb besh yildan beri «Milan» safida to‘p surmoqda.

«Yoshligimda Italiyada biz, angliyaliklar, o‘ynay olmaymiz degan stereotip bor edi. Ammo hozir hammasi o‘zgardi, biz moslashishni o‘rgandik.

Italiyada mashg‘ulotlarda taktikaga juda katta e’tibor qaratiladi, Angliyada esa mashg‘ulotlar jismoniy jihatdan ancha intensiv bo‘ladi», — deya Tomorining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it. Hozirda «Milan» A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Keyingi o‘yinida klub o‘z maydonida «Verona»ni qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.