Kanchelskis: Safonov Yevropada rossiyalik futbolchilarni eslatmoqda

Kanchelskis: Safonov Yevropada rossiyalik futbolchilarni eslatmoqda
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis FIFA Qit'alararo kubogi finalida “PSJ” darvozaboni Matvey Safonovning yorqin o'yiniga munosabat bildirdi. Turnirning hal qiluvchi uchrashuvida “PSJ” braziliyalik “Flamengo”ni mag'lub etdi.

Safonov o'yindan keyingi penaltilar seriyasida to'rtta seyv amalga oshirdi. “Safonov Yevropada rossiyalik futbolchilarni yana eslashlari uchun allaqachon ko'p ish qildi.

U futbolimiz obro'sini tiklamoqda. Matveyda hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman”, — deya Kanchelskisning so'zlarini “RB Sport” keltiradi.

Safonov 2024 yil yozidan beri “PSJ” safida o'ynamoqda. Joriy mavsumda u to'rtta uchrashuvda maydonga tushdi, shulardan ikkitasida darvozasidan birorta ham gol o'tkazmadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.