«Milan» va «Komo» Avstraliyada o‘ynamaydigan bo‘ldi

«Milan» va «Komo» Avstraliyada o‘ynamaydigan bo‘ldi
Italiya chempionatining «Milan» va «Komo» o‘rtasidagi uchrashuvi Avstraliyada o‘tkazilmaydi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, uzoq davom etgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

O‘yin bekor bo‘lishiga Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) ilgari surgan shartlar sabab bo‘lgan. Avvalroq matbuot 8-fevral kuni Pert shahrida o‘yin o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy masala «Milan» va «Komo» Italiyadan hakamlarni jalb qila olmasligi ekanini yozgandi.

Shunga qaramay, A Seriyada uchrashuvni tashkil etishning iloji borligi aytilgan edi. Qizig‘i, yaqinda Ispaniyada «Vilyarreal» va «Barselona» o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Uni Mayamida o‘tkazish rejalashtirilgan, biroq bu reja amalga oshmadi. Ko‘rinishidan, A Seriya uchrashuvi bilan ham xuddi shunday holat yuz berdi.

Endi liga rasmiy bayonotini kutamiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.