Tomori: Kuchimni maydonda oqilona sarflayman

Tomori: Kuchimni maydonda oqilona sarflayman
Angliyalik himoyachi Fikayo Tomori yanvar oyida «Milan» safida o‘ynayotganiga besh yil to‘lishini nishonlashga tayyorlanmoqda. Dastlab u klubning asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lmagan, biroq so‘nggi paytlarda Tomori asosiy tarkibdan joy oldi va hozir eng yaxshi sport formasida ekanini ta’kidladi.

«Jismonan o‘zimni hech qachon bunchalik yaxshi his qilmaganman. Maydondagi pozitsiyangni yaxshi tushunish juda muhim.

Bu o‘yinni o‘qishga va kuchni u yoq-bu yoqqa emas, oqilona sarflashga yordam beradi», — deya futbolchining so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi. Hozir «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Peshqadam esa Milanning boshqa klubi — «Inter».
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.