PSJ Luis Enrikeni uzoq muddatli shartnoma bilan ushlab qolmoqchi

PSJ Luis Enrikeni uzoq muddatli shartnoma bilan ushlab qolmoqchi
PSJga Luis Enrikening ishlash uslubi juda yoqmoqda. Parijda mutaxassis o‘z futbol falsafasini ro‘yobga chiqarish uchun ideal joy topdi.

Enrike o‘zini baxtli his qilmoqda, klub esa uni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. AS nashrida chiqqan materialda PSJ rahbariyati Enrike bilan “umrbod” shartnoma tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani aytiladi.

Albatta, bu so‘zma-so‘z umrining oxirigacha bo‘lgan shartnoma degani emas. Bu shunchaki ibora: “umrbod” so‘zi qo‘shtirnoq ichida berilgan.

Ya’ni Parij grandi Luis Enrikega juda uzoq muddatli shartnoma taklif qilishi mumkin. Luis Enrike boshchiligida PSJ 2025 yilda olti sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan Chempionlar ligasi kubogini ham yutdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.