De Laurentiis: Napoli Maradonadan beri bir yilda ikki sovrin yutmagan

De Laurentiis: Napoli Maradonadan beri bir yilda ikki sovrin yutmagan
“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentiis jamoaning Italiya Superkubogidagi g‘alabasini izohlab, Antonio Kontening ishini alohida ta’kidladi. U muvaffaqiyatlar hushyorlikni susaytirmasligi kerakligini, chunki har qanday xato qimmatga tushishi mumkinligini qayd etdi.

Shuningdek, De Laurentiis bu yutuqning tarixiy ahamiyatiga to‘xtalib, Diego Maradona davridan beri “Napoli” bir kalendar yil ichida ikki sovrinni qo‘lga kiritmaganini eslatdi. “Kontedan shubhangiz bo‘lganmi?

Chempionatda biz ‘Bolonya’ga 0:2 hisobida yutqazgandik, hozir esa ulardan revansh oldik, farqi shundaki, bu safar garovda titul bor edi. Bugungi oqshom bizga zavq bag‘ishladi, chunki Maradona davridan beri ‘Napoli’ bir yilda ikki sovrinni qo‘lga kirita olmagandi va bu, albatta, juda katta ahamiyatga ega”, — deya De Laurentiisning so‘zlarini Sport Mediaset keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni “Napoli” Italiya Superkubogi uchun o‘yinda “Bolonya” bilan uchrashdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.