Monako Ansu Fati bo‘yicha qarorini qabul qildi

Monako Ansu Fati bo‘yicha qarorini qabul qildi
«Monako» klubida hujumkor yarim himoyachi Ansu Fatining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilindi. Jurnalist Romen Molinaning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil-oq»lar mavsum yakunida Fatini sotib olish opsiyasini faollashtirmaydi.

Qayd etilishicha, «Monako» 23 yoshli Fatini «Barselona»dan 12 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega. Ansu Fati «Monako» safida 14 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

«Monako» Fransiya chempionati turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. «Qizil-oq»lar safida rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin ham to‘p suradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.