Yamal Messidan o'zib ketdi, Neymarning rekordini yangilay olmadi

“Barselona” vingeri Lamin Yamal 2025 yilni yorqin o'tkazmoqda. Sofascore hisob-kitobiga ko'ra, yanvar oyidan beri “ko'k-anorranglilar” yulduzi hisobida 307 ta muvaffaqiyatli aldab o'tish bor.
Bu ma'lumotlar yig'ila boshlanganidan beri bir kalendar yil ichidagi muvaffaqiyatli dribling urinishlari bo'yicha ikkinchi natija hisoblanadi. Rekord hanuz Neymar qo'lida: u 2017 yilda raqiblarini 335 marta aldab o'tgan.
Uchinchi o'rinda esa Lionel Messi turibdi — u ham 2017 yilda 260 ta aldab o'tishni qayd etgan. E'tiborlisi, uchala futbolchi ham eng yaxshi ko'rsatkichlarini “Barselona”da qayd etgan, garchi braziliyalik o'sha yozda kataloniyaliklar klubini tark etib, “PSJ”ga o'tgan bo'lsa-da.
Iyul oyida Lamin Yamal 18 yoshga to'ldi. O'tgan mavsumda futbolchi Hans-Diter Flik jamoasiga Ispaniyadagi barcha ichki sovrinlarni qo'lga kiritishda yordam berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu ma'lumotlar yig'ila boshlanganidan beri bir kalendar yil ichidagi muvaffaqiyatli dribling urinishlari bo'yicha ikkinchi natija hisoblanadi. Rekord hanuz Neymar qo'lida: u 2017 yilda raqiblarini 335 marta aldab o'tgan.
Uchinchi o'rinda esa Lionel Messi turibdi — u ham 2017 yilda 260 ta aldab o'tishni qayd etgan. E'tiborlisi, uchala futbolchi ham eng yaxshi ko'rsatkichlarini “Barselona”da qayd etgan, garchi braziliyalik o'sha yozda kataloniyaliklar klubini tark etib, “PSJ”ga o'tgan bo'lsa-da.
Iyul oyida Lamin Yamal 18 yoshga to'ldi. O'tgan mavsumda futbolchi Hans-Diter Flik jamoasiga Ispaniyadagi barcha ichki sovrinlarni qo'lga kiritishda yordam berdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













