Arsenal va nemis klublari fransuz yarim himoyachisini ko'zlamoqda

Arsenal va nemis klublari fransuz yarim himoyachisini ko'zlamoqda
“Marsel” хавбеки Darril Bakola transfer bozorida talabgir bo'lib turibdi, deb xabar bermoqda Footmercato jurnalistlari. Manbaga ko'ra, 18 yoshli fransuz yarim himoyachisiga Londonning “Arsenal”i, “Shtutgart” hamda Dortmundning “Borussiya”si qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining provans klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda Bakola Fransiya chempionatida yetti uchrashuvda maydonga tushdi.

Shuningdek, u Chempionlar ligasining umumiy bosqichida Angliyaning “Nyukasl”iga qarshi o'yinda (2:1) ishtirok etib, golli uzatma muallifi bo'ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.