Arshavin Alonso qo'l ostidagi "Real" o'yinini baholadi

Londonning "Arsenal" klubi va Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Andrey Arshavin Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso qo'l ostidagi o'yin haqida fikr bildirdi. "Alonsoning "Bayer"dagi futboli hozir hatto yaqin ham ko'rinmayapti.
Gollar futbolchilarning individual mahorati evaziga urilmoqda. Shu sabab "Barselona" "Real"dan ustun", — dedi Arshavin "Match TV" telekanali efirida.
Ispaniya chempionati turnir jadvalida "qirollik" klubi 42 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda va "Barselona"dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda. La Liganing navbatdagi o'yinida "qaymoqranglilar" Sevilyaning "Betis" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Gollar futbolchilarning individual mahorati evaziga urilmoqda. Shu sabab "Barselona" "Real"dan ustun", — dedi Arshavin "Match TV" telekanali efirida.
Ispaniya chempionati turnir jadvalida "qirollik" klubi 42 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda va "Barselona"dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda. La Liganing navbatdagi o'yinida "qaymoqranglilar" Sevilyaning "Betis" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













