Gattuzo murabbiylikda Lippini o‘ziga mezon qilib oladi

Gattuzo murabbiylikda Lippini o‘ziga mezon qilib oladi
Italiya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o‘z faoliyatida 2006 yilgi jahon chempionatida Italiyani g‘alabaga olib chiqqan sobiq murabbiy Marchello Lippiga tayanishini aytdi. Gattuzo o‘sha tarkibda o‘ynagan va Lippini juda yuqori baholaydi.

"Men unga minnatdorman va murabbiylik faoliyatida uni o‘zimga ibrat deb bilishimni inkor etmayman. O‘yinchilarning ishonchini qozonishni istasang, izchil bo‘lish, samimiy bo‘lish kerak", — deya Gattuzoning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Marchello Lippi 2004 yildan 2010 yilgacha Italiya terma jamoasini boshqargan, biroq 2006–2008 yillar oralig‘ida tanaffus bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.