Xabi Alonso “Real” muxlislarini tabrikladi

Xabi Alonso “Real” muxlislarini tabrikladi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan jamoa muxlislariga samimiy tabrik yo‘lladi.

“Madridistlar, barcha orzu-umidlaringiz ro‘yobga chiqsin. Yangi 2026 yil muborak bo‘lsin”, — deya Xabi Alonsoning so‘zlarini keltiradi klubning rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, 2025 yildagi so‘nggi uchrashuvda “Real” o‘z uy maydonida “Sevilya” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Ushbu bahsda gollarni Jud Bellingem va Kilian Mbappe kiritdi.

Hozirgi paytda “qirollik klubi” Ispaniya chempionati — La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.