PSJ «Real» himoyachisi Ryudigerni tekinga olishi mumkin

PSJ «Real» himoyachisi Ryudigerni tekinga olishi mumkin
PSJ tarkibini kuchaytirish rejalari ustida ishlamoqda. El Nacional xabariga ko‘ra, Fransiya futboli grandi «Real» himoyachisi Antonio Ryudigerga qiziqish bildirmoqda.

Yozda nemis futbolchini bepul qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi, agar shu vaqtgacha u Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasa. Qayd etilishicha, PSJ prezidenti Nasser al-Xelayfi Antonio Ryudigerga yaxshi moliyaviy shartlarni taklif qilishga tayyor.

Bahor boshida Ryudiger 33 yoshga to‘ladi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 12 million yevroga baholamoqda.

Hozir PSJ Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Lans» esa bir ochko ko‘proq jamg‘argan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.