«Roma» «Chelsi» himoyachisi Disasi bo‘yicha muzokara olib bormoqda

«Chelsi»ning markaziy himoyachisi Aksel Disasi qishki transfer oynasida «Roma»ga o‘tishi mumkin. «Ko‘klar» mavsum boshlanishidan avval bosh murabbiy Entso Mareska tomonidan asosiy jamoa tarkibidan chiqarib tashlangan fransiyalik futbolchini sotishga umid qilmoqda.
Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, yaqinda 27 yoshli futbolist «Roma»ga taklif qilingan va rimliklar bunga qiziqish bildirgan. Hozirda tomonlar muzokara olib bormoqda.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Aksel Disasining narxi 15 mln yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda u «Chelsi»ning asosiy tarkibida biror marta ham maydonga tushmagan.
«Roma» A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, yaqinda 27 yoshli futbolist «Roma»ga taklif qilingan va rimliklar bunga qiziqish bildirgan. Hozirda tomonlar muzokara olib bormoqda.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Aksel Disasining narxi 15 mln yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda u «Chelsi»ning asosiy tarkibida biror marta ham maydonga tushmagan.
«Roma» A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













