Rabio Allegri bergan laqabni ma’lum qildi

Rabio Allegri bergan laqabni ma’lum qildi
Fransiyalik yarim himoyachi Adrien Rabio hozirda «Milan»ni boshqarayotgan Massimiliano Allegridan olgan laqabi haqida gapirdi. Murabbiy uni «telba ot» deb ataydi va Rabio bunday laqabni o‘zi uchun yoqimli, hatto maqtovdek qabul qilishini aytdi.

«Ha, Maks otlarni yoqtiradi, garchi biz bu haqda unchalik ko‘p gaplashmasak ham. U meni “telba otcham” deb ataydi.

Men bu laqabga yaxshi qarayman, u menga yoqadi, muxlislar ham uni qabul qilishdi», — deya Rabioning so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi. Eslatib o‘tamiz, Rabio va Allegri anchadan beri tanish: ular Turinning «Yuventus» klubida birga muvaffaqiyatli ishlagan.

Hozir «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.