«Barselona» Kristensen jarohati sabab yanvarda himoyachi olishi mumkin

«Barselona» Kristensen jarohati sabab yanvarda himoyachi olishi mumkin
«Barselona» Andreas Kristensenning uzoq muddatli jarohatini rasmiylashtirish jarayonini boshladi. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchining jarohatini La Ligada ro‘yxatdan o‘tkazsa, yanvar oyida Kristensenning maoshining 80 foizi miqdorida yangi himoyachini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. Avvalroq «Barselona» bunday usuldan bir necha bor foydalangan.

Joriy mavsumda 29 yoshli Kristensen barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Daniyalik himoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.