«Yuventus» «Napoli» hujumchisi Lukka transferidan voz kechdi

«Yuventus» «Napoli» hujumchisi Lukka transferidan voz kechdi
«Napoli» hujumchisi Lorenso Lukka «Yuventus»ga o‘tmaydi. 25 yoshli futbolchi neapolliklar asosiy tarkibidan joy ololmayapti, shu bois uning ehtimoliy transferi haqida mish-mishlar tobora ko‘paymoqda.

Calciomercato xabariga ko‘ra, forvard xizmatlari «Yuventus»ga taklif qilingan, biroq «keksa sinyora» bunga qiziqish bildirmagan. Bosh murabbiy Luchano Spallettiga boshqa pozitsiyalarni kuchaytirish zarur — masalan, yarim himoya va himoyaning o‘ng qanoti.

Transfermarkt mutaxassislari Lorenso Lukkaning qiymatini 25 mln yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda italiyalik futbolchi barcha turnirlarda Antonio Konte jamoasi safida 19 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.