Kavazashvili Safonov yil futbolchisi bo‘ladi, deb o‘ylaganini aytdi

Kavazashvili Safonov yil futbolchisi bo‘ladi, deb o‘ylaganini aytdi
Fransiyaning Le Parisien nashri yaqinda Matvey Safonovni dekabr oyida «PSJ»ning eng yaxshi futbolchisi deb topdi. Rossiyalik darvozabonning bu yutug‘iga SSSR terma jamoasining sobiq posboni Anzor Kavazashvili munosabat bildirdi.

Ma’lumki, yaqinda Qit’alararo kubok uchun o‘tgan uchrashuvda parijliklar Safonovning penaltilar seriyasidagi to‘rtta seyviga tayanib «Flamengo»ni mag‘lub etdi. «To‘rtta penaltini qaytarganidan keyin u eng yaxshi deb topilmasa bo‘ladimi.

Men uni yil futbolchisi deb ham e’tirof etishadi, deb o‘ylagandim! Safonov bir o‘yinda mo‘jiza ko‘rsatib, to‘rtta penaltini qaytarib, tarixga kirdi», — deya ekspert so‘zlarini «Sovetskiy sport» keltiradi.

Safonov 2024 yil yozida «PSJ»ga o‘tgan. U fransuz jamoasi safida jami 21 o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol o‘tkazib yuborgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.