Flik Rashfordni «Barselona»da olib qolishni istaydi

Flik Rashfordni «Barselona»da olib qolishni istaydi
Angliyalik hujumchi Markus Rashford Kataloniyaning «Barselona» klubida qolishi mumkin. Bu haqda insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik futbolchini jamoada saqlab qolishni shaxsan talab qilmoqda. Rashford kataloniyaliklar safida ijara asosida o‘ynamoqda.

Hujumchining to‘liq shartnomasi «Manchester Yunayted»ga tegishli. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli forvard 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Markus hisobiga 2 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Angliyalik futbolchi 2 ta sariq kartochka oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.