"Barselona" Afrika Kubogidagi hujumchini kuzatmoqda

"Barselona" Afrika Kubogidagi hujumchini kuzatmoqda
"Levante" hujumchisi Etta Eyong hali ham "Barselona"ni qiziqtirib kelmoqda. Katalon klubi vakillari hozirda o'tkazilayotgan Afrika Millatlar Kubogida 22 yoshli kamerunlik futbolchining o'yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda.

Bu Eyong uchun terma jamoa safidagi ilk yirik turnir hisoblanadi va u musobaqaning guruh bosqichi birinchi turida Gabonga qarshi o'yinda yagona golni urib, Kamerun terma jamoasiga g'alaba keltirdi. Transfermarkt portali Eyongning narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Joriy La Liga mavsumida hujumchi 15 o'yinda 6 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.