"Kristal Pelas" Glazner bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glazner klub bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Avstriyalik mutaxassisning "burgutlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi.
Biroq, taniqli insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, Glazner kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borishni istamayapti. Oliver Glazner 2024 yil fevralida "Kristal Pelas"ni boshqara boshlagan.
51 yoshli murabbiy qo'l ostida londonliklar Angliya Kubogi va mamlakat Superkubogida g'olib bo'lishdi. Hozirda jamoa Premer-liga turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.
Angliyaga kelishidan oldin Glazner Frankfurtning "Ayntraxt" klubida ishlagan va u bilan Yevropa Ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Biroq, taniqli insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, Glazner kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borishni istamayapti. Oliver Glazner 2024 yil fevralida "Kristal Pelas"ni boshqara boshlagan.
51 yoshli murabbiy qo'l ostida londonliklar Angliya Kubogi va mamlakat Superkubogida g'olib bo'lishdi. Hozirda jamoa Premer-liga turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.
Angliyaga kelishidan oldin Glazner Frankfurtning "Ayntraxt" klubida ishlagan va u bilan Yevropa Ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













