"Real" Alonso o'rniga Arbeloani vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin

"Real" Alonso o'rniga Arbeloani vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin
Madridning "Real" klubi hali ham jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoning iste'fosi ehtimolini ko'rib chiqmoqda. ESPN xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis o'rnini "qirollik klubi" yoshlar jamoasi murabbiyi Alvaro Arbeloa egallashi mumkin.

Klub Arbeloani mavsum oxirigacha vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlab, yozda yangi murabbiy bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Alonsoning kelajagi Ispaniya Superkubogi natijalariga bog'liq bo'ladi.

8-yanvar kuni yarim finalda "Real"ga "Atletiko" raqiblik qiladi. Joriy La Liga mavsumida madridliklar ikkinchi o'rinda bormoqda va Alonso shogirdlari "Barselona"dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.