"Napoli" Angissa maydonga qachon qaytishini ma'lum qildi

"Napoli" Angissa maydonga qachon qaytishini ma'lum qildi
Noyabr o'rtalarida italiyalik "Napoli" jamoasi muhim futbolchisini yo'qotdi – Andre-Frank Zambo Angissa jarohat olib, safdan chiqqan edi. Il Mattino nashrining xabariga ko'ra, kamerunlik futbolchi jarohat olganlar orasida yagona o'yinchi bo'lib, davolanish uchun Neapolda qolishga qaror qilgan va shu tariqa jamoaga yaqin bo'lishni istagan.

Manbaga ko'ra, Angissaning maydonga taxminiy qaytish sanasi ham ma'lum – u Milan "Inter"iga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda. Ushbu uchrashuv 11-yanvarga belgilangan, ya'ni ikki haftadan ko'proq vaqt bor.

Eslatib o'tamiz, "Napoli" Italiya amaldagi chempioni hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.