"Real" Vitinya uchun 90 million yevro taklif qilmoqchi

"Real" Vitinya uchun 90 million yevro taklif qilmoqchi
Portugaliyalik yarim himoyachi va "PSJ" futbolchisi Vitinya faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Defensa Central jurnalistlari xabar berdi.

Manbaga ko'ra, madridlik "Real" portugaliyalik futbolchining xizmatlariga qiziqmoqda. "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres Vitinyaning transferi uchun 90 million yevro taklif qilishi mumkin.

OAV ma'lumotiga ko'ra, aynan shu miqdordagi tovon puli Vitinyaning shartnomasida 2026 yilgi Jahon chempionati tugagach kuchga kiradi. Yarim himoyachi "PSJ" bilan 2029 yil o'rtasigacha shartnoma tuzgan.

"Oltin to'p"-2025 so'rovnomasida Vitinya uchinchi o'rinni egalladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.