Ta Upamekanoning "Bavariya"dan ketishi mumkinligini izohladi

Ta Upamekanoning "Bavariya"dan ketishi mumkinligini izohladi
"Bavariya" futbolchisi Jonatan Ta jamoadoshi Dayo Upamekanoning kelajagi haqida fikr bildirdi. 27 yoshli fransuzning shartnomasi yarim yildan so‘ng yakunlanadi.

Myunxen klubi yangi kelishuv ustida ishlamoqda, biroq hozircha tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmadi. "O‘ylaymanki, Dayo "Bavariya"da o‘zini juda qulay his qiladi, u bu haqda bir necha bor aytgan.

U bu yerda anchadan beri o‘ynayapti va murabbiy unga nimalarni taklif qilishi mumkinligini yaxshi biladi. Jamoamiz kuchli, ichki muhit ham a’lo darajada, bu ham muhim.

Lekin yakuniy qarorni Upamekanoning o‘zi qabul qiladi", – dedi Jonatan Ta Abendzeitung nashriga bergan intervyusida. Dayo Upamekanoga "Liverpul", PSJ, Madridning "Real"i va boshqa Yevropaning top klublari qiziqish bildirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.